Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov 18 dekabr kuni Qirğizistonga boradi.
Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, Aripov Öşda Qirğiziston Respublikasi boş vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev bilan uçraşadi.
«Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev raisligida 2018 yilning 18 dekabr kuni Öş şahrida Özbekistonning çegaradoş viloyatlari rahbarlari bilan Qirğiziston Hukumatining çegaradoş viloyatlardagi muxtor vakillari kengaşining ikkinçi yiğilişi bölib ötadi», deyilgan xabarda.
Özbekiston çegaradoş viloyatlari hokimlari va Qirğiziston hukumatining çegaradoş viloyatlardagi muxtor vakillari kengaşi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 5-6 sentabr kunlari Bişkekka amalga oşirgan davlat taşrifi davomida imzolangan hujjatlar bilan taşkil etilgan.
Uşbu kengaşning birinçi yiğilişi 2018 yilning 29-30 mart kunlari Farğonada bölib ötgandi.












