Sankt-Peterburgning Moskovskiy rayonida 58 xonali xonadonning ikki xonasi sotuvga qöyildi. Bu haqda rieltorlardan biri özining Facebook-akkauntida ma'lum qildi.
«Hayotda hamma narsani körişni istaganlar uçun — Sankt-Peterburgdagi 58 xonali xonadonni köring. Ha, qonunçilikning mukammal emasligi sababli boşoğriq paydo qiluvçi va uy egasiga ham, rieltorga ham noqulaylik tuğdiruvçi mana şunday xonadonlar bor», deb yozdi köçmas mulk agenti.
Rieltorning aniqlik kiritişiça, 58 xonali xonadon sobiq umumiy yotoqxona bölib, xususiylaştirişdan söng xonadonga aylangan. Unda barça yaşovçilar uçun 50 metrli bitta oşxona mavjud, törtta xonaga bitta sanitariya tarmoği töğri keladi.
Sotuvga ikkita xona qöyilgan bölib, ularning umumiy maydoni 40 kvadrat metrni taşkil etadi. Bu xonalar uçun 3 million rubl (45100 dollardan ortiqroq) söralmoqda.
Avvalroq ekspertlar Rossiyada sotuvga qöyilgan eng qimmat bir xonali xonadonlar reytingini tuzişgandi. Peterburgning Krestovskiy orolida joylaşgan xonadon uşbu reyting ğolibiga aylandi. Maydoni 112 kvadrat metrga teng bölgan bu xonadonning narxi 70 million rubl (1 mln dollar) atrofida.













