«Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida»gi qonun loyihasi Norma tomonidan körib çiqildi.
Eslatib ötamiz, prezidentning bir qator hujjatlari bilan tadbirkorlik sub'yektlarida tekşirişlarni tayinlaş va ötkaziş tartibiga özgartirişlar kiritildi. Işlab çiqilgan qonunda bir qator yangi normalar taklif etilgan.
Qonunning yangi nomi uning amal qiliş sohasini toraytiradi
Hujjatning nomi özgarmoqda. Hozir u quyidagiça nomlanadi: «Xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida», bundan keyin esa – «Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida». Mazkur holat hujjatni qöllaş sohasiga kiritilgan özgartirişlarni aks ettiradi. Çunonçi, xöjalik yurituvçi sub'yekt atamasi tadbirkorlik sub'yekti tuşunçasidan kengroq. Biznesdan taşqari, u davlat muassasalari, NNT, norezidentlarning doimiy muassasalari hamda vakolatxonalarini (yuridik şaxs hisoblanmaydi) qamrab oladi. Tegişinça, yangi nom hujjatning sub'yektlar böyiça amal qiliş sohasi qisqartirilganidan dalolat beradi.
Qonun quyidagi tekşirişlarni tartibga solmaydi:
• «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonun doirasida ötkaziladigan;
• kommunal xizmatlar yetkazib berilişi, iste'mol qilinişi hisobi töliq va töğri yuritilişi hamda hisob-kitobi öz vaqtida amalga oşirilişi;
• qözğatilgan jinoyat işi, şuningdek jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriladigan tergovga qadar tekşiruv doirasida ötkaziladigan;
• davlat muassasalarining faoliyati;
• nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyati, ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiradigan hollar bundan mustasno;
• norezidentlarning Özbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari hamda vakolatxonalarining faoliyati;
• tadbirkorlik sub'yektlari va/yoki ularning muassislari taşabbusiga köra ötkaziladigan.
Biznesni davlat tomonidan nazorat qiluvçi «uçta nahang»
Loyiha işlab çiquvçilari tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş deganda nimani tuşuniş kerak ekanligini tuşuntirişga va uşbu atama mohiyatini biznes uçun maqbul etib körsatişga urinib körganlar. Bu – nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yöl qöyiladigan qonunbuzarliklarning oldini oliş, foş qiliş va bartaraf etiş faoliyati. U uçta şaklda: profilaktik tadbirlar, tekşirişlar va tekşiruvdan keyin tahlil ötkaziş orqali amalga oşiriladi.













