Moskva oblastining Domodedovo tumanida gazdan zaharlaniş oqibatida beş kişi halok böldi, ularning uç nafari - Özbekiston fuqarolari. Şifokorlar yana bir jabrlanuvçining hayoti uçun kuraşmoqda, deya xabar beradi «Moskovskiy komsomolets».
Naşr ma'lumotlariga köra, fojia Şestovo qişloğida sodir bölgan, u yerda xususiy mehmonxona qurilmoqda. Olti nafar işçi (Özbekistondan uç nafar va Armanistondan uç nafar) uçun oddiy gaz xuddi gaz kamerasi kabi ta'sir qiliş bilan yakunlandi.
Yakşanba, 16 dekabr kuni ertalab hamkasblari ularni behuş holda topişgan. Quruvçilar tez yordam brigadasini çaqirganlar. Şifokorlar beş nafar işçi ölimini qayd etişgan. Yana bir kişi tirik bölgan, u Vidnoye şahar kasalxonasiga oğir ahvolda olib ketildi.
Şifokorlarning taxminiga köra, fojiaga gaz bilan zaharlaniş sabab bölgan bölişi mumkin. Öz-öziga xizmat xonasida tergovçilar migrantlar isinişda foydalangan gaz ballonini topişdi. Katta ehtimol bilan, erkaklar uxlab qolişgan va gorelka öçib qolganini sezmaganlar.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Moskva oblasti böyiça boşqarma boşliği katta yordamçisi Olga Vradiy aniqlik kiritişiça, tergovçilar röy bergan hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaşmoqda. Halok bölganlar jasadi sud-tibbiy ekspertizadan ötkaziladi, bu ölimga nima sabab bölganini aniqlaş uçun kerak. Jinoiy iş oçiş böyiça masala hal qilinmoqda.












