Anqara Suriya prezidenti Başar Asad BMT şiori ostida ötadigan demokratik saylovlarda ğolib bölsa, u bilan hamkorlik qiliş imkoniyatini körib çiqişi mumkin. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu ma'lum qildi. 

“Biz suriyaliklar uçun konstitutsiya yozişga qarşimiz, keling buni ularning öziga qöyib beramiz. Agar biror yordam kerak bölsa, yordam beramiz. Saylovlarga tayyorgarlik köriş kerak, ular BMT şiori ostida, ham Suriya, ham uning ortidagi barça suriyaliklar, jumladan qoçqinlar iştirokida ötişi lozim”, deb aytgan Çovuşöğlu. 

Turk vazirining aytişiça, mamlakatni kim boşqarişini suriyaliklarning özi saylovlarda hal qilişi kerak. 

“Agar demokratik va işonçga sazovor saylovlar bölsa, biz barça variantlarni körib çiqamiz”, deb aytgan Turkiya vakili.
 
Avvalroq Çovuşöğlu “Asad tuzumi” ketişi kerakligini aytgandi.