Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu Anqara Suriya prezidenti Başar Asad tuzumi bilan hamkorlik qilişi mumkinligi haqidagi gaplarni rad etdi.

“Biz heç qaçon Asad qilganini qabul qilamiz, deb aytmaganmiz va aytmaymiz ham. Bizga “Agar Asad adolatli saylovlarda ğolib bölsa, u bilan işlaysizmi?” degan savol berildi. Men bu savolga “Agar demokratik saylovlar bölsa, har kim bu vaziyatni körib çiqişi mumkin” deb javob qilganman. Men bu Asad bilan işlaşimiz yoki uni tan olişimizni anglatişini aytmaganman”, deb aytgan turk vaziri.

Çovuşöğlu Fathulla Gulenning “Parallel davlat” oqimining AQŞdagi faoliyatiga töxtalib, Vaşington guruhning AQŞdagi faoliyatini tergov qilayotganini aytgan. “FQB 15 ta ştatda FETÖ’ning faoliyati bilan boğliq jiddiy tergovlar boşlagan. FQBda bizga ular tomondan topilgan dalillar ularga FETÖ faoliyatining qora tomonlarini körişga imkon berganini va Nyu-Jyersi hamda boşqa joylarda hibsga olişlar amalga oşirilganini ma'lum qilişdi”, deb qöşimça qilgan Çovuşöğlu.