Xitoyning elektron savdo sohasidagi eng yirik internet-kompaniyasi Alibaba 2036 yilgaça foydalanuvçilari sonini 2 mlrd kişigaça yetkazmoqçi.

Joriy yilning iyun oxiriga köra, Alibaba’ning foydalanuvçilari soni 576 mln kişini taşkil qilgan.

Alibaba’ga tegişli Tmall International savdo maydonçasi boş direktori örinbosari Vey Çenning fikriça, “agar xitoylik iste'molçilarning 1 foizi kompaniyadan xarid amalga oşirsa, unda bu Alibaba foydalanuvçilari bazasining ulkan miqdorda ösişini ta'minlaydi”.

Çenning ta'kidlaşiça, Alibaba’ning asosiy vazifalaridan biri xitoylik va xorijiy iste'molçilarga butun dunyo böylab mahsulotlar sotib olişda va joylaşgan yerlaridan qat'iy nazar, mobil tölovlarni amalga oşirişda yordam berişdan iborat.