AQŞ Suriyadan harbiylarini olib çiqişni boşladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.
Şu bilan birgalikda, rasmiy Vaşington IŞID ustidan ğalaba koalitsiyaning tugatilişini anglatmasligini qöşimça qilgan.
AQŞ prezidenti ma'muriyati vakili sözlariga köra, AQŞ Suriyadagi kampaniyaning yangi fazasiga ötmoqda.
Bundan avvalroq The Wall Street Journal naşri AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan suhbatlaşganidan keyin amerikalik harbiylarni Suriya hududidan olib çiqiş qarorini qabul qilgani haqida xabar bergandi. Qayd etilişiça, Turkiya rahbari amerikaliklar Suriya hududida kurdlarni qöllab-quvvatlaşda davom etayotganidan norozilik bildirgan.
Qayd etiş kerakki, Donald Tramp bir neça bor Suriyadan harbiylar olib çiqilmasligini ma'lum qilgandi. Reuters agentligi xabariga köra, bir neça yuqori martabali amaldorlar, jumladan AQŞ Mudofaa vaziri Jim Mettis ham Suriyada IŞID qayta uyğonmasligi uçun amerikaliklar harbiy kontingenti saqlab qolinişi zarurligini ta'kidlab kelişayotgandi.
Biroz avvalroq Oq uy rahbari Suriyada IŞID ustidan ğalabaga erişilgani haqida ma'lum qilgandi.
«Biz Suriyada IŞID ustidan ğalaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda bölişimizning yagona sabab şu edi», deb yozgandi u.
Ayni vaqtda Suriya hududida 2 ming nafar atrofida amerikalik harbiy bor.
Vaşington va uning ittifoqçilari Suriyadagi harbiy amaliyotlarni 2014 yili boşlagandi. 2015 yil sentyabrida Suriyaga Rossiya ham harbiylarini yuborişga kirişdi. Ikki davlat ham bu mamlakatdan kirişini IŞID bilan kuraşiş sifatida izohlagan. Rossiya 2016 yilning dekabrida va 2017 yilning dekabrida Suriyadan asosiy harbiylarini olib çiqib ketgan. Hozirda Xmeymiy va Tartusda Rossiyaning ikki bazasi faoliyat körsatişda davom etmoqda.













