19 dekabr kuni The New York Times gazetasida Facebook’ning foydalanuvçilar şaxsiy ma'lumotlari bilan maxfiy işi haqidagi maqola çop etildi. Unga köra, ijtimoiy tarmoq Netflix, Spotify, Sony, Amazon, Microsoft, Apple, «Yandeks» kabi 150 dan ortiq kompaniyaga ma'lumotlar taqdim etgan.  

Kompaniyaning özida mazkur ayblovlar rad etilmoqda: Facebook vakillari ijtimoiy tarmoqning biror bir jihozi begona kompaniyalarga foydalanuvçilar ruxsatisiz ularning ma'lumotlarini uzatişmaydi. 

Maqoladan keyin kompaniya aksiyasi narxi 133,24 dollargaça pasaydi, Facebook kapitalizatsiyasi 382 milliard dollarga baholanmoqda. 2018 yil boşidan buyon ijtimoiy tarmoq aksiyalari 22 foizga arzonlaşdi. 

2018 yilning martida, ya'ni Facebook’ning foydalanuvçilar ma'lumotlari ulanişi va Cambridge Analytica bilan boğliq mojarolarga qadar Mark Tsukerberg Bloomberg Billionaires Index reytingida törtinçi örinni egallagan. Yangi mojarodan keyin uning moliyaviy holati 3,96 milliard dollarga qisqargan, işbilarmonning özi esa Bloomberg röyxatining yettinçi poğonasiga pastlagan. 

Gap şundaki, The New York Times gazetasi Facebook faoliyatiga doir yangi tadqiqotni çop etgan, u kompaniyaning yuzlab içki hujjatlari va ijtimoiy tarmoqning sobiq xodimlari va şeriklari bilan 60 dan ziyod intervyuni öz içiga olgan. 

Maqolada Facebook foydalanuvçilar şaxsiy ma'lumotlarini sir tutişga bergan va'dasiga qaramay, baribir yaşirin tarzda önlab yirik texnologik kompaniyalar bilan işlayotgani, ular bilan şartnomalar tuzayotgani va yopiq ma'lumotlarga kiriş imkonini berayotgani haqida söz yuritilgan. 

Kompaniyalar Facebook foydalanuvçilarining elektron poçtasi, telefon raqamlari va boşqa ma'lumotlariga ularning ruxsatisiz  kiriş imkonini qölga kiritişgan.