Alabama universiteti basketbol jamoasi öyinçisi Darius Maylz 2023-yil 15-yanvar kuni kampus yaqinida otişma sodir etdi. Oqibatda 23 yoşli qiz halok bölib, yana bir neça talaba jarohatlandi. Mart oyida NYT anonimlik şarti orqali guvohlar bilan suhbatlaşgan muxbirning reportajini eʼlon qildi. Jurnalistning suhbatdoşlaridan biri yana bir basketbolçi - Kay Spirs otişma vaqtida kampus yaqinida töxtab turgan maşinada bölganini aytgan. Köp ötmay, naşr öz xatosini tan olib, matndagi noaniqlikni körsatib ötgan.

Şunga qaramay, Spirs NYT naşrini tuhmatda ayblab, gazeta bu orqali uning şaxsiy hayotiga tajovuz qilgani va kuçli hissiy larzaga sabab bölganini daʼvo qildi. Hakamlar hayʼati daʼvogar tarafini oldi.

NYT hukm haqidagi reportajida gazeta 50 yildan ortiq vaqt davomida birorta maqolasi yuzasidan tuhmat daʼvosida yutqazmaganini qayd etdi. Gazeta avvalgi şov-şuvli işlarda (jumladan, Sara Peylin va Donald Trampning daʼvolarida) ğolib çiqqan edi.

NYT vakili Çarli Ştadtlander buni «beğaraz xato» deb atadi va naşr hukmdan hafsalasi pir bölganini, uni asossiz deb hisoblaşini hamda apellatsiya beriş imkoniyatini örganayotganini maʼlum qildi.