Alberta universiteti (Kanada) olimlari britaniyalik maşhur fizik Stiven Xoking aziyat çekkan kasallik – yon amiotrofik skleroz yoki Lu Rerig kasalligining rivojlanişini sekinlaştiruvçi dori vositasini topişdi. Mavjud usullar bu kasallikning rivojlanişini bir neça oygina töxtata oladi.
Telbivudin deb ataluvçi dori vositasi amiotrofik sklerozning irsiy şakli bilan kasallangan 20 foiz bemorlarda notöğri işlovçi SOD1 fermentiga ta'sir qiladi. SOD1 yoki superoksiddismutaza-1 kislorodning faol şakllaridan biri – superoksid-anionlarni zararsizlantirişda iştirok etadi. Nuqsonli ferment zaharli xususiyatlarga ega va harakat neyronlariga şikast yetkazadi.
Telbivudin hozirda gepatit V’ga qarşi kuraşda virusga qarşi dori sifatida qöllanib kelinadi. Bu dorining bemorlarga xavfsizligi isbotlangan va şu sababli u amiotrofik sklerozni davolaşda qöllanişga ma'qullanişi ehtimoli katta.
Yon amiotrofik skleroz davolanmas neyrodegenerativ kasallik bölib, miyaning motor qobiği asab hujayralari va harakat neyronlarini şikastlaydi. Natijada falajlik yuzaga keladi va muşaklar atrofiyasi avj oladi. Kasallar nafas yöllari infeksiyalaridan yoki nafas muşaklari faoliyati töxtaşidan vafot etadilar.












