Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda rossiyalik «qonundagi o‘g‘ri» 45 yilga qamaldi
«Qonundagi o‘g‘ri» Rajden Shulay AQShda 45 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasining veb-saytida xabar berilgan.
«Brat» va «Roma» laqablari bilan mashhur bo‘lgan Shulay odamlarni o‘g‘irlash va hujum qilish, firibgarlik hamda pul yuvish, shuningdek, jinoiy guruhni tashkil etish va tovlamachilikda ayblanmoqda. Unga 550 ming dollar miqdorida tovon puli to‘lab berish majburiyati yuklandi. Bundan tashqari, qonundagi o‘g‘rining 2,16 million dollardan ortiq qiymatdagi mol-mulki musodara qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi sud Alisher Usmonovning «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalarni o‘chirib tashlash haqida qaror chiqargandi.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026