Jahon | 17:13 / 08.12.2018
20133
2 daqiqa o‘qiladi

Sud Usmonov foydasiga qaror chiqardi. Uning Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalar o‘chirib tashlanadi

Foto: Aleksey Nikolskiy / RIA Novosti

Moskvaning Basmanniy sudi asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning da'vosini qanoatlantirdi va uning «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalarni o‘chirib tashlash haqida qaror chiqadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Usmonovning da'vosi to‘liq qanoatlantirilishi kerak. Javob beruvchi maqolalarni o‘chirib tashlashi, raddiya e'lon qilishi va da'vogarga ma'naviy zararni qoplash maqsadida 50 ming rubl (750 dollar) to‘lashi kerak», - dedi sudya.

Avvalroq, Milliarder Alisher Usmonov Moskvaning Basmanniy sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Unda internetdagi uchta maqolani bloklab qo‘yish talabi bor edi. 

Maqolalarda Usmonov jinoyat dunyosi vakili, «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov) va boshqa jinoiy guruhlarning ishiga aloqador ekani aytiladi.

Usmonov o‘z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risida da'vo arizasi bilan chiqqan. 

Arizada Usmonov ma'naviy zarar uchun 50 ming rubl tovon puli to‘lashni, uchta maqolani o‘chirib tashlashni talab qilgan: «Alisher Usmonov. Maqomi: «avtoritet», «Alisher Usmonov Shakro ishida» va uyushgan jinoiy guruh bilan aloqalar haqidagi. Ko‘rsatilgan maqolalar Russian Criminal saytida e'lon qilingan. Roskomnadzor javob beruvchi sifatida jalb etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid