«Mançester Yunayted» hujumçisi Aleksis Sançes jamoadoşi Markos Roxo bilan garov öynab, boş murabbiy Joze Mourinoning iste'foga çiqarilişi ortidan 20 ming funt yutib olgan. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
Naşrning aniqlaşiça, çililik futbolçi jamoaning WhatsApp messenjeridagi guruhida şunday deb yozgan: «Aytganim-a senga! Sabr qiliş kerak, deb. Roxo, mendan 20 ming funt qarz bölding».
Qayd etilişiça, Sançes bu xabarni seşanbada - Mourinoning işdan böşatilgani e'lon qilingan kuni yöllagan. U bu paytda Çilida, tuğilgan kunini nişonlaş arafasida edi. Ertasiga Aleksis 30 yoşini qarşi olgan, Instagram sahifasida döstlari va oilasi bilan kötarinki kayfiyatda tuşgan suratlarini joylagan.
Bundan taşqari, Sançes otga minib yurgani aks etgan suratni ham tarmoqqa joylaştirgan. Vaholanki, u sonidan jarohat olgani uçun vataniga ketgani aytilgan edi.
Aleksis portugaliyalik sobiq murabbiy bilan eng tarang munosabatda bölgan futbolçilardan biri sifatida körsatib kelinadi. Ayrim ma'lumotlarga köra, u şu yil boşida jamoaga qöşilganidan afsuslanişi haqida jamoadoşlariga aytib kelgan.
Eslatib ötamiz, keça Mourino bilan ziddiyatga borgan va iste'fodan söng istehzoli suratini tarmoqqa joylagan Pol Pogba ham murabbiyning iste'fosini nişonlagani xabar qilingan edi.
Xabarda aytilişiça, Pogba xursandçilikdan sakragan va yonidagilarga göyoki şunday degan: «U meni ahmoqqa çiqarmoqçi va fanatlarni menga qarşi qilib qöymoqçi edi. Lekin u adaşdi».
Öşa kuni vaqtinça murabbiy vazifasida bölgan Maykl Kerrik buning uçun futbolçiga daşnom bergan va klub har qanday futbolçidan muhimroqligi, «Yunayted» standartlariga mos kelmagan futbolçidan voz keçilişi haqida gapirgan. Qolaversa, klubning sobiq futbolçisi Gari Nevill ham holatga munosabat bildirib, fransiyalik xavbekni tanqid ostiga oldi.
Keyinçalik Pogba tarmoqdagi surati uçun jazolangani ma'lum böldi.











