«Ha, Neapolga bir öyinçi kam keldik. Şomurodov öz mehnatlari evaziga maydonga çiqib, futbol öynaşga munosib. U ötgan vaqt davomida bizga yordam berişga tayyor turiş uçun maşğulotlarda borini berib işladi. U fantastik yigit. Voqealar rivoji qanday bölişini köramiz, balki yarim yildan keyin qaytar», - deydi rimliklarning portugaliyalik murabbiyi.
Özbekistonlik hujumçi «Spetsiya»ga ötayotgani sababli Joze Mourino tomonidan «Napoli»ga qarşi Neapoldagi öyin qaydnomasiga kiritilmagani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq, Şomurodov «Spetsiya»ga yarim yilga ijaraga berilişi ma’lum qilingandi. Insayder di Marsioga köra, buning uçun Rim klubiga 1,5 million yevro tölanadi.
Ma’lumot uçun, «Spetsiya» A Seriyada 15-poğonada bormoqda va ligada eng kam gol urgan jamoalardan biridir. Şomurodov bu mavsum A Seriyada 6ta öyinda maydonga tuşib, gol ura olmadi. Eldor 2021 yilning yozida «Jyenoa»dan 17 million yevro evaziga «Roma»ga köçib ötgandi.

















