Marsda 15 yildan beri işlayotgan «Mars-Ekspress» zondi Qizil sayyoradagi katta hajmdagi muz bilan qoplangan Korolyov kraterining batafsil suratlarini oldi. Bu suratlar Yevropa kosmik agentligi saytida joylaştirilgan.

Zond 2003 yil 2 iyunda Boyqönğir kosmodromidan uçirilib, Marsga öşa yilning 25 dekabrida yetib borgan va öşandan beri Mars atrofidagi orbitada harakatlanib yuradi. Qurilma Marsni tadqiq qilişdan taşqari, uning yöldoşi Fobos haqida köplab ma'lumotlar töplagan.
Olimlarning fikriça, Mars sirtida bir paytlar daryolar, köllar va okeanlar mavjud bölgan. Bu suvning katta qismi sayyoraning atmosferasi kabi koinotga buğlanib ketgan. Uşbu suvning kiçik qismi Marsda mö'tadil va qutboldi kengliklarda muzliklar körinişida saqlanib qolgan.

Uşbu suv zaxiralari vaqti-vaqti bilan erib, buğlanadi, söngra sayyoraning sovuqroq burçaklariga yoğingarçilik körinişida tuşadi.

Qizil sayyoradagi muzning eng katta zaxiralarini diametri 82 kmlik Korolyov kraterida köriş mumkin. Bugungi kunda bu krater ulkan hajmdagi muz bilan tölgan. Bu muzning qalinligi sayyoradagi yilning eng sovuq faslida 2 kmgaça yetadi. Sayyoraşunoslar fikriça, bu muzlik kraterning sovuq tubi va sirtidagi iliqroq jinslar örtasidagi katta farq hisobiga saqlanadi.











