O‘zbekiston | 17:03 / 21.12.2018
25544
3 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik maydoni va u yerda joylashgan binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura Qo‘riqlash xizmatidan chiqarilishi mumkin

Foto: Flickr

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 421-son qarori O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati haqida nizomning amaldagi tahririda shunday deyilgan:

Qo‘riqlash xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi;

Mustaqillik maydoni va u yerda joylashgan binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura.

Taklif etilayotgan tahrirda esa quyidagicha:

Qo‘riqlash xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi haqida nizomning amaldagi tahririda shunday deyilgan:

Bosh boshqarma Mustaqillik maydonini va u yerda joylashgan binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura, Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari obektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalon, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalari, texnik qo‘riqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari, saf bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning qo‘riqlash bo‘limlari (bo‘linmalari) (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari deb ataladi)ga rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini nazorat qiladi.

Taklif etilayotgan tahrirda esa quyidagicha:

Bosh boshqarma Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari obektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalon, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalari, texnik qo‘riqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari, saf bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning qo‘riqlash bo‘limlari (bo‘linmalari) (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari deb ataladi)ga rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini nazorat qiladi.

Mavzuga oid