Zamonaviy Saudiya Arabistonining asosçisi Abdulaziz bin Abdurahmon Ol Saudning 23-öğli, amaldagi qirol Salmonning akasi Talol bin Abdulaziz Ol Saud 87 yoşida vafot etdi. Bu haqda uning öğli Al-Volid bin Talol ma'lum qildi.

Şahzoda Talol qirol Faysal nomidagi şifoxonada hayotdan köz yumgan. U oxirgi oylar oğir kasallikdan aziyat çekkan. The Middle East Observer naşri ma'lumotlariga köra, şahzoda bir oy içida 10 kgga ozib ketgan va trubka orqali ovqatlantirilgan. 

Şahzoda 2018 yil boşida qirollikdagi aksilkorrupsiyaviy tozalaşlar vaqtida 3 öğli, jumladan şahzoda Al-Volidning hibsga olinişiga norozilik sifatida oçlik boşlaşini e'lon qilgan. Şahzoda Al-Volid hibsga olinişigaça dunyoning eng boy odamlari qatoriga qirgan, biroq taftişlar ötkazilişi va jarima tölagandan keyin boyligining katta qismini yöqotgan.  

Marhum şahzoda 1950- va 1960-yillarda aloqa va moliya vazirlari lavozimlarini egallagan, şuningdek, milliy avialiniyalarni nazorat qilgan. U qirollik oilasidan bölişiga qaramay, Saudiya Arabistonida monarxiyaning çeklanişi ğoyasini qöllab-quvvatlagan va otasi boşqaruvida şakllangan tuzumni tanqid qilib kelgan, arab sotsialistlari bilan aloqalari va özining muxolif qaraşlari bilan ma'lum bölgan. 

Şahzoda 1958 yilda islohotlarga va konstitutsiya qabul qilinişiga çaqirgan “Ozod şahzodalar” harakatiga asos solgan. U 1962 yilda saroyida tintuvlar ötkazilişi va mol-mulki musodara qilinişidan keyin “arab sotsializmi” ğoyasi tarafdori bölgan Jamol Abdul Nasr boşçiligidagi Misrga qoçgan. Şahzoda Talol Misrdan turib Saudiya Arabistonida islohotlar ötkazilişini talab qilişni davom ettirgan. U şu qaraşlari sababli “Qizil şahzoda” laqabini ham olgan. 1963 yilda onasi jonbozligi bilan akasi, Saudiya Arabistonining öşandagi qiroli Faysal bilan yaraşib, qirollikka qaytgan. 

Şahzoda oxirgi yillargaça monarxiyani çeklaşga çaqirib kelgan. U 2012 yilda Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning valiahd şahzoda etib tayinlanişiga qarşi çiqqan.