Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyodagi eng katta masjid 2019 yil avgustda Tojikistonda ochiladi
Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta jome' masjid qurilishi nihoyasiga yetmoqda. Masjid 2019 yil avgustida ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi «Nezavisimoye mneniye» agentligi.
Taxminan 120 ming kishi masjidda bir vaqtning o‘zida namoz o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Masjidni qurish loyihasi Tojikiston prezidentining bevosita qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilmoqda. U masjid poydevori ilk toshini 2009 yil oktyabrda qo‘ygan.
Masjidni qurish loyihasi tojikistonlik va qatarlik tajribali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Tojik va dunyo arxitektura san'atining qadimgi va zamonaviy elementlari hisobga olingan holda quriladigan obekt har biri balandligi 75 metr keluvchi 4 ta minora va 47 metrlik asosiy gumbaz, yana 20 ta katta hamda kichik gumbazlardan iborat bo‘ladi.
Hozirgi kunda ushbu qurilish obektida Tojikistonning barcha hududlaridan kelgan 300 dan ortiq tajribali ustalar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishlamoqda. Ishning 70%dan ortig‘i bajarib bo‘lingan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024