Kun.uz sayti poçtasiga özlarini qiynab turgan muammolar yuzasidan köplab fuqarolar murojaat yöllaşadi. Quyidagi maktubni jönatgan muştariy nafaqat özi va oilasini, balki juda köpçilik sobiq şifokorlar, hozirgi kunda pensionerlarning dardini yoritgan. Maktub mazmuni saqlangan holda juz'iy tahrirlaş bilan taqdim etilmoqda.

«Murojaatim orqali Soğliqni saqlaş vaziriga, Özbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kasaba uyuşmasi raisiga öz fikrlarimni bildirmoqçiman.

Men respublikamizdagi köp sonli nafaqadagi şifokorlardan biriman. 73 yoşdaman, deyarli 40 yil mobaynida turli lavozimlarda işlab, oxirgi 18 yildirki, mehnat nafaqasidaman. Bundan ikki yil oldin hayotimda birinçi marta yoşga boğliq urologik xastalik bilan viloyat kasalxonasiga yotib davolaniş zarur bölib qoldi. Ozroq bölsa ham moddiy tomondan yordam bölişini közlab, yaşaş joyimdagi tibbiyot birlaşmasidan order olib, viloyat şifoxonalaridan birida 15 kun davolanib çiqdim.

Ança vaqtdan keyin bilişimça, yaşaş joyimdagi tibbiyot birlaşmasiga prokuraturadan tekşiruvçilar kelib, öşa order menga notöğri berilganini bildirişgan va kam ta'minlanganlar toifasiga kirmaganligim uçun order bergan şifokorning ustidan dalolatnoma yozib, ma'muriy jazoga tortişgan ekan.

Beçora şifokor uzoq yillar birga işlaganimiz va meni ma'lum darajada özining ustozi deb bilib, yordam qilgani uçun jazo olgan ekan!

Barçaga ma'lumki, prokuratura xodimlarining özlari ham, hokimiyatlarda işlovçi mulozimlar ham kam ta'minlanganlar hisobiga kirişmaydi. Lekin ular nafaqat özlari, balki oila a'zolarini ham bir söm sarflamay davolatişadi-ku?! Bundan taşqari, IIB xodimlari, temiryöl xizmatçilarining ham öz poliklinikalari, şifoxonalari, hattoki sanatoriylariga ega. Ular va ularning oila a'zolari kerakli paytda şifoxonalarda bepul davolanişadi, har yili sanatoriylarda dam olişadi, nafaqaga çiqqanlari ham aytilgan imtiyozlardan töliq foydalanişadi. Eng hayron qolarlisi şundaki, bu sanab ötilgan «yuqori martabali» mulozimlar va fuqarolarga ham davolanişlarida, sanatoriylarda dam olişlarida şifokorlar xizmat kilişadi. Lekin şifokorlar özlari zarurat tuğilganda şifoxonalarda pul tölab, dori-darmonlarni öz puliga sotib olib davolanişadi. Hatto markaziy şifoxonalarda davolanişlari uçun order olişlari ham mumkin emas ekan.

Heç bölmasa, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan markaziy şifoxonalarda, poliklinikalarda tibbiyot xodimlari navbatsiz qabul qilinsin, degan körsatma ham çiqarilmagan. Natijada, viloyatlardagi va poytaxtdagi tibbiyot muassasalariga davolaniş yoki maslahat (konsultatsiya) uçun kelgan, keksayib, özlari bemorga aylangan şifokorlar navbat kutiş bilan ertadan keçgaça sarson bölişmoqda. «Bözçi belboqqa yolçimaydi», deganlari şu bölsa kerak-da...

Buning isboti sifatida quyidagilarni diqqat bilan öqing.

2017 yili rafiqamni (u kişi ham 30 yil vraç bulib işlagan, hozir 72 yoşda, ikkinçi guruh nogironi) Toşkent şahridagi travmatologiya ortopediya ilmiy tekşiriş institutiga çap oyoq tizza böğimidagi kuçli oğriq bilan aniq taşxis qöydiriş va davolatiş uçun olib bordim.

Keçasi bilan uyqusiz yöl yurib, ertalab soat 8:00da röyxatxonaga yetib keldik. 15–20 daqiqa navbatda turdik, keyin ultra tovuş tekşiruvi (UZI) xonasiga kiriş uçun 1,5 soat navbat kutdik. UZI xulosasi uçun kassaga pul tölaşga yana 15 daqiqa navbatda turişga töğri keldi. UZI xulosasini oliş uçun yana yarim soat kutdik, endi vraç qabuliga kiriş uçun yana 35–40 daqiqa navbat. Qabul qilgan vraç esa taksi 15 000 sömga olib boradigan manzildagi MRT (magnit rezonansli tomografiya)ga jönatdi.

Xullas, jami bulib 3 soat har xil navbatlarda turganimizdan keyin taksiga ötirib, MRT qildiradigan joyga 1 soatda yetib bordik, u yerda juda muloyimlik bilan kompyuter röyxatiga olişdi, kassaga pul tölab, keç soat 17:00da, ya'ni 4 soatdan keyin navbatimiz kelişini aytişdi. Aslida UZI qilingandan söng MRTga zarurat yöq edi — men özim vraç bölganim uçun buni yaxşi bilar edim. Lekin poytaxtdagi vraçga aql örgatişdan özimni tiydim.

Bir ilojini qilib, 2 soatdan keyin (bizni yuborgan vraçning qönğiroğidan söng) MRTga ham tuşib, xulosasini 40 daqiqa kutib, nihoyat oldik. Yana taksiga çiqib qaytib kelsak, haligi vraç qabuliga ikkinçi marta kiriş uçun qaytadan navbatga turişimiz kerak ekan, içkariga qöyişmadi.

Oyoği yurişga yaramaydigan 72 yoşli bemor bilan ertalabdan keçgaça sarson bölgan mening ahvolimni köz oldingizga keltiring. UZIga, ayniqsa, zarurati bölmagan MRT qildiriş uçun uzoq yölga 2 soat sarflab borib, yana 2,5 soat navbat kutişni va unga behuda tölangan pullarni aytmaysizmi? Axir biz ikkalamiz ham uzoq muddat, 30–40 yil işlab nafaqaga çiqqan vraçlarmiz-ku?!

Şundan keyin asabim çidamay tortişişga majbur böldim va bölim boşliğini çaqirişlarini talab qildim. U ayolning aralaşuvi bilan vraç qabuliga qayta kirişga erişdik. Qayta körgan vraç tizza böğimiga endoprotez (metalldan yasalgan sun'iy böğim) qöyiş lozimligi, bunday endoprotezni qandaydir xususiy korxonadan 4.000 dollarga sotib olişimiz kerakligini tuşuntirdi. Men esa bunga imkoniyatimiz yöqligini aytdim. Oxirgi natija esa 3–4 xil dori yozib beriş bilan yakunlandi va öşa kuni keçqurun vodiyga qaytdik. Hozir çap oyoq tizzasi bukilmaydigan bölib qolgan turmuş örtoğim endi Toşkentga borişni umuman xohlamaydi.

Nima uçun öşa MRT apparati travmatologiya-ortopediya ilmiy tekşiriş institutining özida yöq? Axir bu institut yurtimizda yagona va bu yerga butun respublikamizdan bemorlar kelişadi-ku?! Bizga öxşagan boşqa viloyatlardan kelgan bemorlarni esa, vraç qölida aniq taşxisi yozib berilgan sifatli UZI natijasi (qoğozga tuşirilgan böğim surati) bölsa-da, tizza böğimini qaytadan tekşirtiriş uçun uzoq masofada joylaşgan, kimningdir xususiy MRTsiga yuborişlari, sizlarga bilmadimu menga ğalatiroq tuyuldi (boş miya, orqa miya va içki a'zolarning çuqur qismlarini tekşiriş boşqa masala).

Öşa, bizga tavsiya qilingan endoprotezni esa travmatologiya ilmiy tekşiriş instituti özi çet eldan töğridan-töğri, örtadagi xususiy korxonani aralaştirmay olib kelsa, bemorlar uçun narxi sezilarli darajada arzon bölişi aniq. Fikrimça, yo bu institutda bemorlar manfaatini közlab harakat qiladigan rahbar yöq, yoki öşa xususiy korxona bu yerda işlayotgan rahbarlardan birortasiga tegişli. Şuning uçun şunday davom etişi «ma'qulroq» şekilli. Töğrisini aytsam, 30–40 yil davomida bemorlarning dardini yengillaştiriş va ularni davolaş maqsadida arzimagan oylik maoş evaziga keçayu-kunduz mehnat qilib, yoşimiz keksayib özimiz tibbiy yordamga muhtoj bulib qolgan davrimizda, bizga nisbatan yuqorida aytilganday munosabatda bölişsa, alam qilar ekan.

Yana ham ajablanarli holatlardan biri şuki, mening kelinim 20 yildan beri şifoxonalardan birida (köpçilik qatori) örta tibbiyot xodimi bölib işlaydi. Amaldagi qoidalar böyiça ular har 6 oyda, 1 yilda har xil laboratoriya tekşiruvlaridan (ba'zilari uçun viloyat markaziga ikki martalab borib keliş kerak), yilda bir marta esa umumiy tibbiy körikdan ötişlari şart. Tabiiyki, hozir barçasiga pul tölanadi. Bularning oxirida «işlaşga ruxsat» oliş uçun yana pul tölaş kerak. Buni qarang, örta tibbiyot xodimi özi arzimagan 300–350 ming söm maoşga işlaşiga qaramay, davlat tibbiy muassasasiga körsatilgan xizmat uçun pul tölaşi kerak!

OIVga tekşiriş — 38.000 söm, DSENMdagi analizlarga — 66.500 söm, RV-ga va rentgenga — 42.500 söm, tibbiy körik uçun — 15.000 söm va h.k.) va bu narxlar har yili oşib boradi. Bunday «olijanobliklar»ni qaysi «oltin kallali» rahbar öylab topgan, hayronman? Beçoralar bir oyda atigi 2–3 marta, ba'zan 4 marta 15 soatlik navbatçilikka borişadi. Bu bor-yöği 0,25 stavkani, pul holida esa 300–350 ming sömni taşkil qiladi, xolos. Oladigan maoşlari işxonadagi har-xil pul yiğişlarga va yölkiralariga zörğa yetadi. Öziga, uyiga, rözğoriga bola-çaqasiga esa heç narsa qolmaydi. Hattoki, navbatçilik davrida yeydigan oziq-ovqatlarini ham uydan olib ketişadi.

Yuqoridagi «pullik xizmatlarni ixtiro» qilgan rahbarlarlarning tibbiyot sohasidagi vaziyatdan umuman xabarlari yöqqa öxşaydi. Ularga poytaxtdagi haşamatli kabinetlarida savlatini namoyiş qilib ötirmasdan, heç bölmasa biror-bir buyruqni çiqarişdan avval viloyat va tumanlarga çiqib, haqiqiy vaziyatni örganişlari kerakligini eslatib qöymoqçiman.

Töğri, ortiqça örta tibbiy xodimlarni qanday band qiliş kerak, degan tabiiy savol tuğiladi. Buni ança yillar oldin «katta, aqlli» rahbarlar hisob-kitob qilişlari va bunday xodimlarga ehtiyojni hisobga olgan holda tibbiyot kollejlariga qabul qilinadigan talabalar sonini muvofiqlaştirişlari lozim edi. Endi hozirgi iş örinlari yetişmay bitta iş örniga 4–5 nafar xodim töğri kelib turgan (köpçilik diplomli hamşiralar işsiz, yoki savdo-sotiqqa çiqib ketişgan) davrda ham kollejlardan xuddi konveyerdan çiqayotganday örta tibbiyot xodimlari çiqarilişi davom etib, qançadan-qança davlat mablağlari behuda sarflanmoqda.

Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi takliflarimga öz fikrlaringizni bildirasiz deb umid qilaman:

1. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan barça tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari va ularning oila a'zolari navbatsiz qabul qilinişi va bu masalada tegişli yozuvlar ilib qöyilişi töğrisida körsatmalar berilişi;

2. Tibbiyot sohasida işlayotgan xodimlar, işlab nafaqaga çiqqan va nogiron bölgan xodimlarga barça tibbiy xizmat turlari (davolaniş, tibbiy köriklardan ötiş, har xil tahlillar, rentgen, laboratoriya xizmatlari va h.k.) heç qanday tölovlarsiz bajarilişi;

3. Nafaqaga çiqqan tibbiyot xodimlarini alohida röyxatga olib, kasaba uyuşmalari tomonidan navbati bilan yiliga bir marta sanatoriylarga bepul yöllanmalar berilişi;

4. Barça tibbiyot muassasalarida işlayotgan örta va kiçik tibbiyot xodimlari sonini belgilangan iş örinlariga nisbatan taqqoslab qayta körib çiqiş, heç bölmasa nafaqaga çiqişiga amaldagi qonun buyiça 10 yil qolgan xodimlarning iş soatlarini eng kamida 1 stavka miqdorida ta'minlaş çorasi iloji boriça tezroq körib çiqilişi;

5. Hozirgi davrda nihoyatda köpaygan xususiy UZI, MRT, qon tahlili va şunga öxşaş taşxis qöyişga aloqador bölgan apparatlar egalari — «tibbiy tadbirkorlar» tomonidan yordamga muhtoj bölib qolgan bemor insonlar noilojligidan foydalangan holda özlari istagan narxlarni qöyib taşlanişidan himoya qilinişi, ya'ni, körsatiladigan xizmatlar narxini ma'lum doirada, kerakli hisob-kitoblarga (monitoring) asoslangan holda çegaralab qöyiş kerak, deb hisoblayman.

Men bu gaplarni özimning misolimda barça tibbiyot xodimlarining manfaatlarini, huquqlarini qandaydir darajada himoya qiliş maqsadida va tibbiyot sohasini boşqarayotgan köpçilik rahbarlarga va hozir şu sohada işlab turgan yoşlarga ular ham vaqti kelib nafaqaga çiqişlari, keksaygan paytlarida özlari va oila a'zolari ham xuddi biz singari holatlarga tuşişlari mumkinligini eslatib qöyişni burçim, deb hisobladim.

Yahyojon AKBAROV,
Asaka tumani».