Turkmaniston o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi. Boshqa barcha ijtimoiy tarmoqlar bloklandi
Turkmanistonda «Biz byarde» («Biz shu yerdamiz», qisqacha nomi - «Bi-Bi») nomli ijtimoiy tarmoq ishga tushirildi. Bu haqda 23 dekabr kuni Orient nashri xabar tarqatdi.
Rasmiy taqdimot oldidan «Bi-Bi» ilovasi 5 mingdan ortiq Android foydalanuvchisi tomonidan yuklab olindi.
Ijtimoiy tarmoq tezkor xabarlar, fayllar bilan almashish, barcha ko‘radigan xabarlarni yaratish, ularga fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni biriktirish imkonini beradi. Shuningdek, sayt va ilovada oldi-sotdi bo‘yicha e'lonlar uchun ham funksiyalar nazarda tutilgan, ularni nafaqat foydalanuvchining «do‘stlari», balki boshqa tashrif buyuruvchilar ham ko‘radi.
Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoidalarida aytilishicha, foydalanuvchi yoshi kamida 13 bo‘lishi kerak. Akkauntidan e'lon qilingan har qanday ma'lumot uchun foydalanuvchi javob beradi. U boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilmaslik, ortiqcha bezovtalikka sabab bo‘lmaslik va tahdid qilmaslikka majbur. Ta'kidlanishicha, ma'muriyat oldindan ogohlantirmasdan va tushuntirishsiz xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki va VKontakte kabi xorijiy mashhur ijtimoiy tarmoqlar Turkmanistonda bloklab qo‘yildi. Blokni chetlab o‘tib, xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan kishilar maxsus xizmatlarga «suhbat uchun» chaqirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
15:02 / 23.01.2025
«Chegara bilmas muxbirlar» Turkmanistonda jurnalist ayolni zaharlashga urinish haqida ma’lum qildi
16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi
15:32 / 16.01.2025
Ashxobod bo‘lajak O‘zbekiston-Turkmaniston tadbirlariga tayyorgarlik muhokama qilindi
16:49 / 13.01.2025