O‘zbekiston | 12:17 / 25.12.2018
58311
1 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan jismoniy shaxs daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi

Foto: Pinterest

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 181-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«181-modda. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid