BAAda 50 yil içida biror marta yöl harakati qoidalarini buzmagan haydovçi topildi. Bu şaxs 78 yoşli Said Raşid Ahmad Bolxun bölib, u haydovçilik guvohnomasini 1969 yilda olgan. Ras-Al-Hayma amirligi politsiyasi bu öziga xos natijani maxsus sovğa bilan qayd qildi.

Amirlik politsiyasining markaziy tezkor boşqarmasi boş direktori Muhammad Said Al-Humoiy Bolxun misoli haydovçilarni “qoidalarga amal qiliş”ga undaşda yordam berişini aytgan. Bolxunning öğli otasining uşbu natijasini Ginness rekordlar kitobida qayd qiliş lozimligini aytgan.

BAAda batartib haydovçilik uçun rağbatlantiriş tizimi – “oq ballar” mavjud. Haydovçi jarimasiz yurgan har bir oy uçun 2 ball oladi. Haydovçilar kiçik qoidabuzarliklar uçun jarimani şu ballar yordamida tölaşlari, agarda yil davomida 24 ball yiğsalar, politsiya departamenti tomonidan turli sovğalar bilan taqdirlanişlari mumkin.

Jumladan, joriy yil bahorida Dubay politsiyasi ikki nafar saranjom haydovçiga sof oltindan yasalgan öyinçoq maşinalar sovğa qilgan.

Biroq dunyoda buning aksiga misollar ham talaygina. Misol uçun, Germaniyada 18 yoşli ösmir haydovçilik guvohnomasini olgandan 49 daqiqa ötiboq undan mahrum etilgan. U guvohnomani oliş uçun imtihonni muvaffaqiyatli topşirgaç, buni döstlari bilan nişonlaşga qaror qilib, ikki marta tezlikni belgilangan me'yordan oşirgan.