Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev 11 oyda xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifni amalga oshirdi. O‘zbekistonga 8 ta davlat rahbari keldi
Foto: Getty Images
O‘tib borayotgan yilda jahonning yetakchi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalar sezilarli jadallashdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
«Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashriflari va xorijiy rahbarlar bilan muzokaralari natijasida Rossiya, Belarus, AQSh, Xitoy, Fransiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr hamda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi va Yaqin Sharqning muhim davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi», - deyiladi TIV saytida.
2018 yilning yanvar-noyabr oylarida davlat rahbarlari darajasida 21 ta tashrif, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifi (2 ta davlat tashrifi - Tojikiston va Hindistonga, 2 ta rasmiy tashrif - AQSh va Fransiyaga, 9 ta ishchi tashrif – ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etish uchun) amalga oshirildi.
O‘zbekistonga 8 ta davlat (Afg‘oniston, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya) rahbarlari tashrif buyurishdi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024