Jahon | 15:24 / 25.12.2018
6548
1 daqiqa o‘qiladi

Rospotrebnadzor AQSh Simferopolda biolaboratoriya tashkil etishni rejalashtirganini ma'lum qildi

Foto: Sean Gallup

AQSh Simferopolda Gruziyadagi Richard lugar nomidagi laboratoriyaga o‘xshagan biolaboratoriya tashkil etish maqsadida bo‘lgan. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari, Rossiyaning bosh davlat sanitar vrachi Anna Popova ma'lum qildi.

«Bugungi kunda Ukrainada Pentagon mablag‘lari hisobidan AQShning 11 laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Simfereopolda ham ana shunday biolaboratoriya tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lgan», – dedi Popova.

Avvalroq Gruziyaning sobiq davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze AQSh prezidenti Donald Trampga Tbilisi yaqinidagi Richard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini tergov qilish iltimosi bilan murojaat qilgandi. Giorgadze 2015 yil dekabrda laboratoriyada S gepatitidan davolanishdan keyin 30 kishi o‘lgani haqida ma'lumot keltirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid