Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq nazorati qanday shakllarda amalga oshirilishi belgilandi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchilarni hisobga olish;
soliq solish obektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obektlarni hisobga olish;
byudjyetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni hisobga olish;
kameral nazorat;
xronometraj ko‘zdan kechirish;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring;
soliq tekshiruvlari;
mavzuli ekspress-o‘rganish;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish;
soliq monitoringi».
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025