Rossiya Federatsiyalar kengaşi spikeri Valentina Matviyenko 2019 yilda Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda TASS ma'lum qilgan.
«Men uçun MDH davlatlari eng ustuvordir. Menda Özbekistonga taşrif buyuriş taklifi bor, Özbekistonga kelgusi yil albatta boraman. Kambodjaga safar bir neça marotaba köçirildi, bu birinçi çorakdagi mening jadvalimga boğliq», - dedi Matviyenko duşanba kuni yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Joriy yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengaşi örtasida hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi. Hujjat respublika parlamenti yuqori palatasi rahbari Niğmatilla Yöldoşevning Moskvaga qilgan taşrifi doirasida imzolandi.
Rossiya va Özbekiston parlamentlari yuqori palatalari rahbarlarining bitimni imzolaş marosimidan keyingi qöşma bayonotda ta'kidlaşlariça, hujjat parlamentlararo hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.












