Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) va Koreya Respublikasi Tokioda 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturining uch turida qo‘shma jamoalarni taqdim etishga kelishib oldi.
Birlashgan Koreya terma jamoalari ayollar basketboli, kanoeda eshkak eshish va akademik eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi, deya xabar bermoqda JoongAng Ilbo. Ro‘yxat stol tennisi va dzyudo hisobidan kengayishi istisno etilmayapti. Shuningdek, ikki davlat 2032 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koreyaning Pxenchxanidagi 2018 yilgi o‘yinlarda xokkey bo‘yicha Birlashgan Koreya ayollar terma jamoasi ishtirok etdi.










