Ichki ishlar vazirligida navbatdan tashqari hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Ilhom Qutlimuratov tayinlandi.

Ma'lumot uchun, Sirdaryo viloyati IIB sobiq boshlig‘i polkovnik Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.














