The Mashable naşri 2018 yilning eng yomon smartfonini ma'lum qildi. Ta'kidlanişiça, bu Red Hydrogen One smartfoni bölib, uning yagona “plyuslari” uzoq işlovçi batareyasi va baland tovuş çiqaruvçi dinamiklari hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriça, smartfonning boşqa hamma körsatkiçlari faqat “minus”dan iborat. Ta'kidlanişiça, qurilma displeyining sifati past va umuman olganda gadjyet oğir çiqqan. Bundan taşqari, u noqulay loyihalangan bölib, katta ölçami sababli uni qölda uşlaş oğriq beradi.
Smartfonning Android-interfeysi juda eski bölib, narxi şunçalik yuqoriki, hattoki Apple’ning flagman smartfonlarini ortda qoldiradi.
Mutaxassislar smartfonni işlab çiqqanlarni smartfonlar bozorining umumqabul qilingan tendensiyalariga qarşi borib, özgaça qurilma yaratişga muvaffaq bölişgani uçun maqtaşgan. Biroq afsuski, bu tanlov notöğri bölgan.















