O‘zbekiston | 11:20 / 28.12.2018
21503
1 daqiqa o‘qiladi

MTRK qoshida yangi telekanal tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida tarixdan misollar, alloma bobolarimizdan iqtiboslar keltirdi. Mamlakatimiz kelajagiga yo‘naltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish masalasiga e'tibor qaratdi. Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.  

«Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O‘zbekiston tarixi» kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda, uning dasturlarini puxta shakllantirish zarur», dedi davlatimiz rahbari. 

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tegishli tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid