Özbekiston Respublikasi prezidentining “Paxta xomaşyosini yetiştirişda tomçilatib suğoriş tizimini keng joriy qiliş uçun qulay şaroit yaratiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda sönggi yillarda suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş va suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça çoralar körilgani, 2008–2017 yillar davomida davlat byudjyetidan 3,2 trln sömdan ortiq mablağ ajratilib, 2172,8 km irrigatsiya tizimlari, 368,8 km lotokli suğoriş tarmoqlari, 347 dona gidrotexnik inşootlar, umumiy hajmi 1581,3 mln kubometr bölgan suv omborlari va boşqa obektlarni quriş va rekonstruksiya qilinişi natijasida 1,7 mln gektardan ortiq suğoriladigan maydonlarning suv ta'minotini yaxşilaşga erişilgani qayd etilgan.
Şuningdek, uşbu davr mobaynida melioratsiya obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va remont işlariga 2,5 trln söm ajratilib, 2,5 mln gektar suğoriladigan maydonning meliorativ holatining yaxşilanişiga, yer osti suvlarining barqarorligini ta'minlanişiga va me'yorda uşlab turilişiga erişilgan.
Şuning bilan birga, qişloq xöjaligi sohasida, ayniqsa, paxta xomaşyosini yetiştirişda suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni va ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini joriy qilişda jiddiy qoloqliklarga yöl qöyilib, mavjud suv va yer resurslaridan samarali foydalaniş darajasi hamda paxta hosildorligi pastligiça qolayotgan qayd etilgan, jumladan:
- birinçidan, tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, paxta xomaşyosini uşbu texnologiyani joriy qilgan holda işlab çiqaruvçilarni hamda tomçilatib suğoriş tizimi va uning butlovçi qismlarini mahalliy işlab çiqaruvçilarni rağbatlantiriş böyiça samarali mexanizmi mavjud emasligi;
- ikkinçidan, yuqori hosildorlikka, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanişga erişişni ta'minlaydigan, tuproq-iqlim va boşqa tabiiy şaroitlarni hisobga olgan holda işlab çiqilgan tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilişning ilmiy asoslangan agrotexnika qoidalari mavjud emasligi;
- uçinçidan, paxta xomaşyosini yetiştirişda zamonaviy tomçilatib suğoriş tizimini va uning butlovçi qismlarini işlab çiqariş, loyihalaş va quriş, paxta xomaşyosini yetiştirişda mahsulot sifatini nazorat qiliş masalalari e'tibordan çetda qolayotgani;
- törtinçidan, tomçilatib suğoriş tizimidan foydalangan holda yetiştirişga möljallangan qişloq xöjaligi ekinlarining, ayniqsa ğözaning mahalliy navlari seleksiyasi sohasida ilmiy izlanişlarni jadallaştirişda yuqori talab mavjudligi;












