Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi böyiça 26 dekabr kuni ötkazilgan qöşma majlis bayoniga asosan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator sifatida röyxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi vaqtida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib rasman tasdiqlangandi.
Farhod Örozboyeviç Ermanov 1958 yilda tuğilgan. Ilgari Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq va suv xöjaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida işlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarişda sinovdan ötgan.











