2018 yil 29 dekabr kuni O‘zbekistonda franchayzing asosida faoliyat yurituvchi xalqaro brendlar soni yana bittaga ortdi: mamlakatimizga «Baskin Robbins» muzqaymoq brendi kirib keldi.

Foto: Baskin Robbins

Brendning Toshkentdagi ilk kafesi Samarqand Darvoza ko‘ngilochar savdo markazining ikkinchi qavatida ochildi. Kafeda «Baskin Robbins» muzqaymog‘ining 30 dan ortiq turlari: qaymoqli muzqaymoq, shakarsiz muzqaymoq, sorbetlar, sharbatlar, muzlar, shuningdek shirinliklar, sutli kokteyllar va pishiriqlar taqdim etilgan.

Foto: Baskin Robbins

Kompaniya yaqin kelajakda Next, Compass KSMlari, Samarqand Darvoza savdo markazining fudkortida, shuningdek Anhor Lokomotiv parki hududlaridan savdo shoxobchalarini ochishni rejalashtirgan.

Foto: Baskin Robbins

«Baskin Robbins» jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i hamda muzqaymoq turlari va navlari bo‘yicha jahon yetakchisidir. Mahsulot O‘zbekistonga  Rossiyadan keltiriladi.

Foto: Baskin Robbins
Foto: Baskin Robbins