Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Yoşlar media markazi” NNT hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida yoş boşlovçilar, muxbirlar hamda yoş operatorlarning iqtidorini qöllab-quvvatlaş maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumanidagi “Yoşlar markazi”da “Yoş jurnalistlar maktabi” taşkil etildi. Bugun mazkur maktabning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quranboyev, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Firdavs Abduxalikov, “Mening yurtim” telekanali direktori Qobiljon Ahmedov va jurnalistikaga havasmand yoşlar iştirok etdi.
Marosimda Yoşlar yetakçisi Qahramon Quranboyev mamlakatimizda navqiron avlod vakillariga qaratilayotgan e'tibor haqida alohida töxtalib, yaqin kelajakda uşbu maktabdan mahorat sirlarini örgangan yoş jurnalistlar yetişib çiqişiga işonç bildirdi.



Endilikda mazkur maktabning umidli ijodkorlari tomonidan yoşlar hayoti ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi tizimi uçun malakali jurnalistlar zaxirasi yaratiladi.
“Yoş jurnalistlar maktabi” öquvçilari teleradio, matbuot va internet jurnalistikasi böyiça bilim oladi. Maktabda ustoz-şogird an'analari yölga qöyilib, unda taşkil etiladigan mahorat darslarini taniqli ijodkorlar, professional operatorlar hamda montaj rejissyorlari olib boradi. Yana bir muhim jihati maşğulotlar bepul olib boriladi.


Zamonaviy talablar asosida taşkil qilingan maktabda tasvirga oliş maydoni, ovoz yoziş studiyalari mavjud bölib, “Yulduzça”, “Men yulduzman”, “Majnuntol”, “Sardorlar”, “Kofe breyk” kabi bir-biridan qiziqarli körsatuvlar tayyorlanadi.
Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Firdavs Abduxalikov “Yoş jurnalistlar maktabi”ga öxşaş loyihalarni yurtimizning har bir hududida taşkil etiş maqsadga muvofiqligini ta'kidlab ötdi.













