UMS kompaniyasi bosqiçma-bosqiç rebrending ötkazişni boşladi. Mobil operator öz savdo belgisi va brend qadriyatlarini yangi zamon talablariga moslaştirib yangilamoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. 

“Kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylanib, hukumat mobil aloqasi va kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjerini joriy qilmoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Xabarda aytilişiça, UMS platformasida Loyiha boşqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uçun blokçeyn yeçimlar, aholi uçun raqamlaştirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda.  

“Bunday şart-şaroitlarda kompaniya rebrendingi yangi özgarişlarni ifoda etişi, kompaniya qadriyatlarini ğoyaviy jihatdan va mazmunan öz içiga olgan bölişi kerak. Buni inobatga olgan holda UMS mobil operatorining savdo belgisini Mobiuz deb nomlaşga qaror qilindi. Rebrending işlari dekabr oyida, kompaniya nomini tanlaş, brend ranglarini va boşqa belgilarni yaratişdan boşlandi. Rebrending bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi”, deyiladi xabarda.