Namangan viloyati hokimligi yangi tajribani joriy etdi.

«Xalq bilan muloqot, inson manfaatlarini har tomonlama ta'minlaş, fuqarolarning muammolarini örganiş va ularni bartaraf etiş mahalliy hokimliklarning asosiy vazifalaridan biridir.

Aynan şundan kelib çiqqan holda bugungi kunda Namangan viloyat hokimligi tomonidan tizimli çora-tadbirlar olib borilmoqda. Ya'ni, viloyat hokimi, uning örinbosarlari rahbarligida şahar  va tumanlar kesimida aholi muammolarini örganiş, hokimlikka kelayotgan ariza, şikoyatlarni vaqtida, sifatli körib çiqiş va muammoga yeçim topiş borasida aniq amaliy işlar körilmoqda. 

Kirib kelayotgan yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimligida yana bir yangi tajriba yölga qöyildi. Ya'ni, hokimlik apparati uçun maxsus kiyim-boş tayyorlandi va xalq bilan muloqot qiliş, turli tadbirlarda ana şu xizmat kiyimidan foydalaniş yölga qöyildi.

Bundan közlangan asosiy maqsad, bu orqali viloyat hokimligining maxsus imijini yanada şakllantiriş. Bilasiz, bugun bevosita aholi bilan uçraşuvda ularning muammolari yeçimiga zudlik bilan hal etiş ustuvor vazifamizdir. Endi aynan maxsus kiyim boşlardagi hokimlik xodimlarini tanib oliş aholi uçun juda qulaydir. 

Darhaqiqat, köplab uçraşuvlar yoki mahallalarda yurilganda fuqarolarimiz murojaatlari kimga aytişini bilmay ovora yurişganini köramiz. Aynan Namangan viloyat hokimligi tomonidan qöllangan yangi tajriba bu kabi holatlar oldini oladi. Endi fuqarolarimiz turli tadbirlar yoki ular bilan uçraşuvlarda töğridan-töğri xizmat kiyim-boşli hokimlik vakillariga murojaat yöllayverişlari mumkin», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.