Ukrainada navbatdagi prezident saylovi kampaniyasi rasman boşlandi. Saylovlarning özi 2019 yil 31 martda bölib ötadi.

31 dekbardan 3 fevralgaça Ukraina markaziy saylov komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi. 8 fevralgaça nomzodlar röyxatga olinadi, söngra Ukraina prezidenti lavozimiga da'vogarlarning yakuniy röyxati e'lon qilinadi. 

“Reyting” sotsiologik guruhi sörovlariga köra, ukrainaliklar orasida “Batkivşina” partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko eng katta qöllab-quvvatlovga ega (13,3 foiz). Amaldagi prezident Pyotr Poroşenkoning saylovçilar orasidagi reytingi 7,6 foizni taşkil qilmoqda.