Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor amerikalik kiçik Floyd Meyvezerning yaponiyalik Tensin Nasukava ustidan qozongan ğalabasiga munosabat bildirdi. Makgregor bu haqda Twitter’dagi sahifasida yozgan.

«Bu töqqiz million dollar (Nasukava bilan jang uçun Meyvezerning gonorari) seni mening röyxatim yuqori qismida uzoq vaqtga uşlab turmaydi, yigitça», - deya yozgan irlandiyalik.

Makgregor gap qaysi röyxat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. U yozuvga #Forbesy xeştegini qöydi. Ehtimol, jangçi Forbes röyxatini nazarda tutgan. Yil yakunlariga köra, Forbes Meyvezerni dunyoda eng köp haq tölanadigan sportçi (285 million dollar) deb topdi. Makgregor 99 million dollar bilan reytingning törtinçi poğonasidan joy oldi. Boksçidan taşqari, u Lionel Messi (111 million) va Kriştianu Ronalduga (108 million) imkoniyatni boy berdi.

31 dekabr kuni Yaponiyada kikboksçi Nasukava bilan bölib ötgan jang uçun Meyvezer töqqiz million dollar işlab oldi. Boks qoidalari böyiça ötkazilgan bahs birinçi raundda yakunlandi. Amerikalik raqibini uç marta nokdaunga uçratdi, şundan söng Nasukavaning jamoasi jangni töxtatişga qaror qildi. Qarama-qarşilik natijasi sportçilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi.