2019 yil 1 yanvar kuni, soat 19.00 holatiga köra, Özbekistonda 1442 nafar çaqaloq tuğildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, yangi yilning birinçi kuni tuğilgan çaqaloqlarning 727 nafari öğil bola, 715 nafari esa qiz bola bölib, eng köp bola Samarqand viloyatida (168 nafar) dunyoga keldi. Şuningdek, yangi tuğilgan çaqaloqlar reytingi böyiça Farğona viloyati (161 nafar) va Qaşqadaryo viloyati (146 nafar) kuçli uçlikni yakunlagan. 

«Ayni paytda respublika böylab, Soğliqni saqlaş vazirligiga qaraşli 220tadan ortiq tuğruq komplekslari tun-u kun faoliyat körsatmoqda.  Ularda 230ga yaqin muntazam işlayotgan navbatçi akuşerlar brigadasi xizmat körsatyapti», - deb xabar beradi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev. 

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2018 yilning birinçi kuni 1961 nafar çaqaloq dunyoga kelgandi. 

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 33085,2 ming kişini taşkil etib, yil boşiga nisbatan 428,5 ming kişiga yoki 1,3 %ga ösgandi.    ​