Jahon | 18:37 / 02.01.2019
7869
2 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini ikki baravarga uzaytiruvchi qoplama ixtiro qilindi

Foto: TAG HARTMAN-SIMKINS

BMT tadqiqotlariga ko‘ra, dunyoda ishlab chiqariluvchi barcha oziq-ovqat mahsulotlari 30 foizining sifati  buziladi, ularning umumiy qiymati 2,6 trillion dollarni tashkil qiladi. Buning natijasida yuzaga keladigan muammo esa yanada keng qamrovli: yaroqlilik muddati tugagan oziq-ovqat mahsulotidan chiquvchi metan chiqindilari iqlim uchun ba'zi zavodlardan-da kattaroq ziyon yetkazadi, deya xabar beradi futurism.com sayti. 

Apeel Sciences startapi oziq-ovqat mahsulotlarini odatdagidan uzoqroq saqlashga yordam beruvchi yupqa, shaffof va iste'molga yaroqli qoplamani ixtiro qildi. 

Epideel qoplamasi mahsulotlarning buzilishiga sabab bo‘luvchi ikki asosiy omilni bartaraf etib, uning yaroqlilik muddatini uzaytiradi. U jismoniy to‘siq sifatida ta'sir ko‘rsatib, suv bug‘lanishini bloklaydi va atmosfera kislorodining oziq-ovqat mahsulotlari bilan reaksiyaga kirishishi oldini oladi. Ma'lum qilinishicha, qoplama yaroqlilik muddatini ikki baravarga uzaytirishi mumkin. 

Yog‘ va boshqa komponentlardan iborat Epideel qoplamasi meva hamda sabzavotlardan ishlangan bo‘lib, AQSh mahsulotlar va dori-darmonlar nazorat boshqarmasi qoidalariga muvofiq ishlab chiqarilgan. Mazkur qoplama bilan o‘ralgan avokado Amerikadagi Kroger, Costco va Harps Food tarmoqlari rastalarida sotilmoqda. 

Bunday muvaffaqiyat qisman Bill va Melinda Geytslarning fondi ishtiroki bilan bog‘liq, zero Apeel Sciences 2012 yilda asos solinganidan buyon to‘plagan 110 million dollarning katta qismi aynan shu fond tomonidan taqdim etilgan. 

Mavzuga oid