Oğir turmuş şaroitida yaşayotgan xotin-qizlar korxonalardagi böş va kvotalangan iş örinlariga, hunarmandçilik, oilaviy tadbirkorlik va boşqa yönalişlarda manzilli asosda iş bilan ta'minlanadi. Bu «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasida közda tutilmoqda.

Loyihada körsatilişiça, amaliy çora-tadbirlar doirasida 1 584 nafar oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga imtiyozli ipoteka krediti asosida arzon uy-joylar beriladi.

Xotin-qizlar va oilani qöllab-quvvatlaş fondi orqali xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirişga 100 mlrd söm imtiyozli kredit ajratiladi.

Tadbir doirasida 61 ta tumanda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazlari taşkil etiladi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan.