Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinishi rejalashtirilgan
Foto: Depositphotos
O‘zbekistonda soliq va bojxona imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 martga qadar tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Dastur bilan tegishli soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «yashirin iqtisodiyot»ni qanday qilib kamaytirish rejalashtirilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
09:30 / 09.06.2023
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?
11:44 / 02.06.2023
Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi
08:26 / 29.01.2022