Men özbek bolasi “Özbekiston terma jamoasi öyinlariga befarqman”, desa işonmayman. Tanqid qilib yozayotgan, “MTJ morojniy yeb qaytadi”, deb izoh qoldirayotganlar ham ğalabalar boşlansa, telbaga aylanişadi, yozgan gaplarini unutişadi. Çunki bu — Vatan terma jamoasi.

Men terma jamoa ölçovlarni buzişga qodir yagona jamoa deb hisoblayman. Uning ölçovi boşqa. U aniq statistika yo harakat qoidalariga emas, köngilga quloq soladi. Heç kim terma jamoadan köngil uzolmaydi. U bir klub emaski, bir davlat muxlislarini bee'tibor qoldirsa yo örtasiga raxna solsa. Uning içida butun xalq yotadi. Özbekiston öynaydi. Uning içida Nesterov ham bor, borolmagan Suyunov ham. Denisov ham şaxsiy holatlarini çetga surib muxlisga aylansa kerak. Öynab ketgan yulduzlarimiz ham şu terma jamoa içida yaşaydilar, deb öylayman.
Şarhlovçilarga ham faqatgina terma jamoa iştirokidagi öyinlarda NOXOLIS bölişga, maydondagi bitta jamoaga muxlislik qilişga ruxsat beriladi. Raqib jamoaning tarkibini taniştirmay ötib ketsa ham qoida buzilgan hisoblanmaydi. Örtada turib bölmaydigan yagona jamoa bu...
Vasiliy Utkinning xarakterini bilasiz, juda oğir. Xudbinroq. U butun mavsum davomida Çerçesov şogirdlarini, xususan, sobiq darvozabon uslubini, mağlubiyatlarini tanqid qilib keldi. Hatto Rossiya terma jamoasi boşlab bergan musobaqani ertasiga “endi boşlandi” deyişgaça bordi, natijada işdan haydaldi. Ammo öşa qaysar fe'l sohibi ham Rossiya yengişni boşlaganida, çiroyli öynaşni boşlaganida, ğururini bir çetga otib, ruslarga yiğlab muxlislik qilişga ötdi. Bir çiqişida “meni terma jamoa uçun uyalişdan or qilyapti, deyişyapti, men bunaqa gaplardan or qilaman”, dedi. Youtubeʼga qöygan videoçiqişida termaning ğalabalaridan rostakam sarmast bölganini kördim va hissiyotlariga işondim.
Özim ham şu. Samvel Babayan boşçiligidagi terma jamoamiz sönggi öyinini Toşkentda ötkazayotgan payt. Murabbiy öz “suyuklilari”ni tinmasdan tarkibga jalb etişiga qaramay, nurli öyin körmayotgan bölsak-da, butun şarh davomida terma jamoamizni Rossiya-2018ga çiqişini istab gapirganman. Muxlislik qilib, har bir vaziyatga yonib-kuyib. Oxirida — narigi tomonda Eron Suriya bilan durang öynaşni boşlaganida, terma jamoamiz mundialdan qolib ketgani aniq bölganidan söng tanqid qilişga, tanqid qilganda ham alam aralaş sözlar bilan “izhorlarim”ni soçişga ötganman. Bir paytning özida uç holat: umid, pley-off yöllanmasi uçun şukronalik va... bort ortida qolganimizdan keyingi alamli fikrlar.
Men öşa kuni Samvel Babayan terma jamoamizni Rossiyaga olib borganida, jonli efir orqali uzr söraşga tayyor edim. Köp tanqid qilganim bois. Uyalmasdim Utkinga öxşab. Qaytanga bu gaplarni faxr tuyğusi bilan sözlaşim aniq edi. Vatanidan, terma jamoasidan uzr sörasa odam maza qiladi. Odam maza qiladi terma jamoasi uni uyaltirsa, tanqidlariga munosib javob bersa. Şuni kutib yaşaymiz özi.











