2 yanvarga ötar keçasi Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumani Zarqörğon mahallasida yaşagan tört kişidan iborat oila is gazidan zaharlanib vafot etdi.

UZ24 xabarida aytilişiça, oila boşliği suyultirilgan gazda işlaydigan, Eronda işlab çiqarilgan isitiş qurilmasi sotib olgan va uni yoqib qöyib uxlagan. Oqibatda özi, xotini va 15 yoşli qizi, 13 yoşli öğli vafot etgan. 20 yoşli öğli alohida xonada yotgani uçun tirik qolgan.

Kattaqörğondagi Eronda işlab çiqarilgan peçkalar bilan savdo qiluvçi dökon hozirda yopib qöyilgan.

Bu 2019 yilda Özbekistonda is gazidan zaharlaniş oqibatidagi ilk ölim holatlari bölmoqda (OAVga ma'lum bölgani). 

2018 yilning avgustida «Öztransgaz» AJ iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida 2018 yilning 4 oyida (yanvar-aprel oylarida) is gazidan zaharlaniş oqibatida 54 kişi jabrlangani, 58 kişi vafot etgani aytilgandi (2017 yil davomida Özbekiston böylab 81ta is gazidan zaharlaniş holatlari qayd etilgan va 83 kişi halok bölib, 110 kişi jabrlangan). Ammo 2018 yilning oktyabriga kelib, yil körsatkiçlari kamayib qoldi. Joriy yilning 10 oyida is gazi bilan boğliq 32 holatda 53 kişi jarohatlangani, 35 kişi vafot etgani ma'lum qilindi.

Qayd etiş kerakki, Kattaqörğon tumanida ötgan yilning noyabr oyida ikki marta is gazidan zaharlaniş oqibatida ölim holatlari kuzatilgandi. Avvaliga 7 noyabr kuni Kattakörpa qişloğida er-xotin zaharlanib vafot etgan, 11 noyabr kuni «Kumuşqirğoq» mahallasida bir kişi is gazidan zaharlaniş oqibatida hayotdan köz yumgandi. 

Eslatib ötamiz, dekabr oyi oxirida Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi bir xonadonda beş nafar qiz bir keçada is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.

Ötgan yilning oktabr oyi oxirida Toşkentning Çilonzor tumanida bir oilaning tört farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi. Bu fojiadan keyin zudlik bilan hukumat komissiyasi tuzildi. Uning oldiga şaxsiy uylarda isitiş peçlari va isitiş tizimlarini tekşiriş va nazorat qiliş vazifasi yuklatildi. Komissiyaga Oçilboy Ramatov boş qilib tayinlandi.

Is gazi paydo bölişiga nima sabab böladi? Mutaxassis javob beradi