Bugun, 5 yanvar kuni Birlaşgan Arab Amirliklarida qit'aning eng nufuzli musobaqasi Osiyo Kubogi-2019 turniri start oladi va 2 fevral kuniga qadar davom etadi. «Tribuna» turnir arafasida unda iştirok etuvçi jamoalarni va ularning imkoniyatlarini baholaydi.

Musobaqada ilk marotaba 24ta terma jamoa qatnaşadi.

Tartibga köra, 6ta guruhda birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan jamoalardan taşqari, guruhlarda uçinçi örin sohiblari bölgan terma jamoalardan eng yaxşi 4tasi pley-offga çiqadi.

Bugun Toşkent vaqti bilan soat 21:00da mezbonlar BAA terma jamoasi oçiliş öyinida Bahraynga qarşi maydonga çiqadi.

A guruhi

BAA

BAA terma jamoasining xalqaro maydondagi eng yaxşi natijasi uzoq 1990 yilda kuzatilgan. Öşanda Amirliklar Italiya maydonlarida keçgan mundialda GFR, Yugoslaviya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy olib, oxirgi örinni egallagandi.

1990 yildan buyon Osiyo Kubogida iştirok etib kelayotgan (faqat 2000 yili saralaşdan öta olmagan) BAA eng yaxşi natijalarini 1996 (2-örin) va 2015 yillarda (3-örin) qayd etgan.

Ayni vaqtda jamoani italiyalik mutaxassis Alberto Dzakkeroni boşqarmoqda. Asosiy futbolçilari özbekistonlik futbol muxlislari va futbolçilar uçun yaxşi taniş bölgan Umar Abdulrahmon, Ahmad Halil va Ali Mabhutdir. Şuningdek, Osiyo Kubogi uçun yakuniy tarkibda faxriy futbolçi Ismoil Matar va Amir Abdulrahmon kabi futbolçilar ham örin olgan. 

BAA öz guruhida Tailand, Hindiston va Bahrayn kabi terma jamoalarni ortda qoldirişi va birinçi örinni egallaşi haqiqatga yaqin. Bu holda mezbonlarni nimçorak finalda Suriya yoki Ummon kutadi. Bu bosqiçdan ötişsa, Dzakkeroni şogirdlari katta ehtimol bilan Ektor Kuper boşçiligidagi Özbekistonga röbaru bölişadi. Köp ehtimol bilan mezbonlar çorak finalda turnirdagi iştirokini yakunlaydi.

Bahrayn

Bu guruhda ikkinçi örinni katta ehtimol bilan çexiyalik Miroslav Soukup boşçiligidagi Bahrayn terma jamoasi egallaydi. Birinçi turda mezbonlarga qarşi öynaydigan bahraynliklar öz maqsadlariga erişa olişmasa, keyingi turlarda Tailand va Hindistonni mağlub etiş orqali pley-off masalasini hal qilişlari mumkin böladi.