Qat'iy belgilangan soliq va uşbu qarzdorlik uçun hisoblangan penyalar böyiça qarzdorlikni, şuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari böyiça hisoblangan qarzdorlikni hisobdan çiqariş - soliq amnistiyasi yana davom ettiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi farmoni bilan qöllanilgan moliyaviy jarima summalarini tölab beriş imkoniyatiga ega bölmagan va natijada faoliyatini töxtatib qöygan 15,5 mingdan ortiq fuqarolarning 535,7 mlrd.sömlik yillar davomida böynida yuk bölib kelgan qarzdorliklari hisobdan çiqarib taşlandi. Ularni faoliyati tiklandi.

Mazkur Farmonga kiritilgan özgartirişga muvofiq, uşbu tadbirlar 2019 yil 1 iyulga qadar davom ettiriladigan böldi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida fuqarolar soliqdan qoçiş emas, uni vaqtida tölaşdan manfaatdor böliş kerakligi qayd etilgan edi.