Kun.uz'da Özbekistonga taşrif buyuruvçi xorijiy fuqarolarga turliça vizalar taqdim etişni közda tutuvçi takliflar tayyorlanişi haqida xabar berilgan edi.
Özbekiston Prezidentining turizmni tezkor rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi farmoniga muvofiq, quyidagi yangi viza turlari joriy qilinadi:
1. «Vatandosh» – Asli özbekistonlik bölgan kişilar va ularning oilalari uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblangan qarindoşlari tomonidan taklifnoma bölgan holatlarda beriluvçi ikki yillik viza.
2. «Studentvisa» – Özbekiston hududida joylaşgan ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarga beriluvçi bir yillik viza, Respublikadagi ta'lim vazirliklari, idoralari va taşkilotlari murojaatiga köra rasmiylaştiriladi.
3. «Academicvisa» – Özbekistonda ilmiy-tadqiqot va ta'lim faoliyatini olib boriş istagida bölgan xorijliklar uçun 3 oydan 2 yilgaça muddatga beriladigan viza, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot taşkilotlari, oliy ta'lim muassasalari murojaatiga köra beriladi.
4. «Medicalvisa» – Özbekistonga davolaş-profilaktika muassasalari taklifiga binoan taşrif buyuruvçi xorijiy mamlakatlar fuqarolari uçun 3 oygaça muddat uçun beriladigan viza.
5. «Piligrimvisa» – sayyohlik faoliyati sub'yektlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita söroviga köra xorijiy fuqarolarga Özbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi va an'analarini örganiş uçun 2 oygaça bölgan muddat uçun beriluvçi ziyorat vizasi.













