Joriy yilning oktabr oyiga qadar Özbekistonga taşrif buyuruvçi xorijiy fuqarolarga turliça vizalar taqdim etişni közda tutuvçi takliflar tayyorlanadi. Masalan, “Buyuk Ipak yöli” böyida joylaşgan davlatlarning bir neçtasiga taşrif buyuriş huquqini beruvçi Silk road viza rejimi, asli özbekistonlik vatandoşlar va ularning yaqin qarindoşlari uçun Vatandosh vizasi taqdim etilişi mumkin.
4 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga köra, mamlakatga yirik miqdordagi sarmoya olib kirişni közlayotgan sarmoyadorlarga Golden visa’ni 10 yil muddatga beriş taklifi ham körib çiqilmoqda. Asli özbekistonlik va ularning qarindoşlari bölgan xorijiy şaxslarga 5 yil muddatga bir martalik viza berilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, şu hujjat bilan 101ta davlat fuqarolari Özbekistonga vizasiz taşrif buyuriş huquqiga ega bölişdi.











