7 yanvar kuni Toşkent davlat agrar universitetida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 dekabrdagi 03/1-3184-sonli topşiriğiga asosan 2019 yil 7-15 yanvar kunlari Toşkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tuman hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari iştirokida ötkaziladigan öquv maşğulotlari boşlandi.

Öquv maşğulotlari Toşkent davlat agrar universiteti rektori akademik Botirjon Sulaymonov tomonidan oçilib, tinglovçilarga «Hududda tegişli sohalarni rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi» loyihasini işlab çiqiş va uni himoya qiliş»ga oid talablarni şuningdek, agrar sohasini rivojlantiriş böyiça bir qator takliflarini berdi.

Şu bilan bir qatorda, tadbirda Toşkent viloyati qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça hokim örinbosari Rustam Xolmatov, Jizzax viloyati qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça hokim örinbosari Maxmud Xolbötayev, Sirdaryo viloyati qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça hokim örinbosari Komiljon Sobirov sözga çiqişdi. 

7-15 yanvar kunlari mobaynida dasturda öquv maşğulotlari 4ta hudud böyiça taşkil etilişi belgilangan:
1-hudud: Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari - Toşkent davlat agrar universitetining Andijon filialida;
2-hudud: Toşkent Jizzax va Sirdaryo viloyatlari - Toşkent davlat agrar universitetida:
3-hudud: Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari - Samarqand veterinariya meditsinasi institutida;
4-hudud: Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari - Toşkent davlat agrar universitetining Nukus filialida.

Öquv maşğulotlarida tuman hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari bölgan 159 kişi iştirok etişi rejalaştirilgan.